Bulung‘ur buyum bozorida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Bugun chorshanba - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yoong‘inlar profilaktikasi kuni. Shu munosabat bilan Bulung‘ur tumani buyum bozorida yong‘inning oldini olish va bu kabi jarayonlar to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha profilaktik targ‘ibot jarayonlari amalga oshirildi.

 

Tuman hokimligi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, suv, gaz, elektr ta’minoti bilan bog‘liq kommunal tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari davomida bozor ichida o‘t o‘chiruvchi avtomabillarning harakatlanish taktikasi, bozor hududida joylashgan yer osti suv olgichlaridan suv olish, yong‘inni o‘chirish kabi jarayonlar ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi. Shuningdek, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan bozor hududidagi sotuvchilarga yong‘in vaqtida harakatlanish sxemasi tushuntirilib, yong‘inning oldini olish borasida zaruriy tavsiyalar yozilgan eslatma varaqalari tarqatildi.

 

Hurmatli yurtdoshlar, “olov – tilsiz yov” deb bejizga aytishmagan. Shu sababdan yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlardan ogoh bo‘ling! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qiling!

Bulung‘ur tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM