Amir Temur jangovor bayrog‘i Bulung‘urda kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Amir Temur jangovor bayrog‘i” uchun musobaqasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli Qaroriga muvofiq, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 2021-yildan buyon musobaqalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, harbiy an’analarni yanada mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizga munosib mard va jasur, bilimli va jismonan baquvvat Vatan himoyachilarini tarbiyalashda ushbu musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur mukofotning ilk g‘olibi sifatida Markaziy harbiy okrugi tanlandi.

Jizzax viloyatidan kelayotgan jangovor bayroq Bulung‘ur tumanida kutib olindi.

Tadbirda tuman sektor rahbarlari, viloyat hokimligi vakillari, harbiylar, nuroniylar va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad, xususan, bugun mamlakaimizda soha rivoji yo‘lida olib borilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Darhaqiqat, ushbu tadbirlarning tashkil etilishi yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida, mard va jasur qilib tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning bir qismidir.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur”. Zero, “Bilagi zo‘r – birni yengar, ongi va yuragi zo‘r esa – mingni”, deganlaridek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni nafaqat mard va jasur, balki bilimli va tadbirkor qilib tarbiyalash ham oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.

Jangovor bayroq, qo‘shni Jomboy tumaniga kuzatib qo‘yildi.

Tadbir jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari vakillari ham faol ishtirok etishmoqda. Xususan, jarayonlar bugun soat 12:00 da “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi kutilmoqda.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM