Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yetmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgans yessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

 

1) Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Shodmonovning hisoboti.

2) Tumanda tez tibbiy va shoshilinch yordam koʻrsatish xizmati sifatini yaxshilashda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i V.Xudayqulovning hisoboti.

3) Aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori B.Bosimovning hisoboti.

4) Bulung‘ur tumani maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kun holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri D.Axmedovning hisoboti.

5) Tuman hokimining 2022-yil 21-dekabrdagi “Elmuratov Alisher Mirtazayevich - 2022-yil 21-dekabrdan Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risida”gi 607-7-93-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash haqida.

6) Tuman hokimining 2022-yil 21-dekabrdagi “Sanaqulov Norbuta Isaqulovich - 2022-yil 21-dekabrdan Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi 608-7-93-Q/22-sonli qarori tasdiqlash haqida.

7) Bulung‘ur tumanida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni daftardan chiqarish to‘g‘risida.

8) 2023-yil uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalarining aniq miqdorini belgilash to‘g‘risida.

9) 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman Moliya bo‘limi mudiri J.Narziyevning hisoboti.

10) 2022-yil yillik tuman mahalliy budjetining harajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish haqida.

11) 2021-yil yakuni bilan Bulung‘ur tumani mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2022-yilga mo‘ljallangan loyihasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

12) Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida.

13) Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2022 yil 21 noyabrdagi VI-76-225-7-0-K/22 sonli “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar ijrosini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-423-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi qarori haqida.

14) Tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM