Bulung'ur tumani hokimi: Ayniqsa bugun xalqimizga yanada yaqinroq bo'lishimiz zarur

Shu kunlarda yurtimizda qor yog'ib, havo haroratining keskin sovushi natijasida aholi va ijtimoiy soha obyektlarida kommunal soha xizmatlariga bo'lgan talab yanada ortmoqda.

 

Bulung'ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun joylarda yurib, mahalla mas'ullari, aholi, ijtimoiy va kommunal soha mas'ullari bilan subatda bo'ldi.

 

Jarayon davomida mahalla mas'ullari ayniqsa bugungi kunlarda aholining ichida yurib, muammolardan xabardor bo'lishi va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko'rishi lozimligini ta'kidladi.

 

Shuningdek, tuman hokimi ijtimoiy soha obyektlari, jumladan umumta'lim maktablari va davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lib, xonalarning isitilish darajasi, isitish moslamalari sozligi va ko'mir zaxirasi bilan qiziqdi.

Hokim o'rganish davomida tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda "Bulung'urtumangaz" gaz ta'minoti bo'limida bo'lib, shu kecha-kunduzda aholiga sifatli xizmat ko'rsatish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar, sohadagi mavjud muammolar bilan joyida tanishdi. Bugungi kabi elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz mahsulotiga talab ortgan kunlarda aholi bilan davlat idoralarining to'g'ridan-to'g'ri muloqoti yo'lga qo'yilishi muhimligini ta'kidlab, navbatchilik shtabi 24 soat uzliksiz faoliyat olib borishi zarurligini ta'kidladi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM