“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Tadbirda “Bulung`ur tumanida Ayollar daftariga kiritilgan ayollarni qo`llab-quvvatlash hamda muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar to`g`risida” so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi ijtimoiy-himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Mahbuba Qurbonova tomonidan ma’lumot berildi.

 

Xususan, unda ma’lum qilinishicha:

“Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan tumandagi “Beshqo‘ton” va “Soxibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosidan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish uchun har bir markazga 35 mln so‘mdan jami 70 mln so‘m mablag‘lar hisobidan o‘quv markazlari tashkil  qilindi.

1-toifa ishsizlarning bandligini ta’minlash uchun 206 nafariga tikuv mashinasi va 124 nafariga pishiriq pechlari va 8 ta inkubator jami 338 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash uchun 485 mln. 800 ming so‘m mablag‘lar sarflandi.

2-toifa bo‘yicha tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlar 85 nafarni tashkil qilib, shu kunga qadar 85 nafar xotin-qizlarga 1 mlrd 489 ming so‘m kreditlar ajratilgan.

-tikuvchilik 52 nafar

-chorvachilik 4 nafar

-motokultivator 7 nafar

-kartoshkachilik 3 nafar

-asalarichilik 1 nafar

-non ishlab chiqarish 5 nafar

-parrandachilik 2 nafar

-boshka yo‘nalishlar 9 nafar

-issiqxona qurish 2 nafar

-inkubator 1 nafar

3-toifa bo‘yicha boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar 909 nafar bo‘lib, shundan 889 nafariga 964 mln 80 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

3.1-toifa bo‘yicha uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha 20 nafar xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash belgilangan, hozirgi kunda 170 mln. 714 ming so‘m ta’mirlashga mablag‘lar ajratilgan. (Shu jumladan muammolarni o‘rganish jarayonida yana bir nafar 3-toifa boquvchisini yo‘qotgan toifadan 1 nafar fuqaroni uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha kiritilgan)

4-toifa bo‘yicha 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar 559 nafar kiritilgan bo‘lib, shundan 558 nafariga 602 mln. 640 ming so‘m moddiy yordam berilgan.

4.1-toifa  bo‘yicha 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha 1 nafar fuqaro kiritilgan bo‘lib, 5 mln. so‘m ajratilgan.

5-toifa. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga 3 nafar kiritilgan. Shundan, 5.2-toifa ya’ni ijara konpensatsiyasi bo‘yicha. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara konpensatsiyasiga 3 nafar fuqaro ya’ni Bog‘bon (R.Karimova),  Do‘stlik (N.Ravshanova) va Chorbog‘ (Z.Xonnazarova) mahallalaridan har bir fuqaroga oyma-oy 500 ming so‘mdan to‘lanishi belgilanib, iyul-avgust oylari uchun Ayollar daftari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 3 000 000 so‘m to‘lab berildi.

6-toifa. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar 136 nafar kiritilgan bo‘lib, 136 nafar xotin-qizlarga 146 mln 880 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM