Tuman markazidagi loyihalar taqdimoti sayyor tartibda o'tkazildi

Bugun Bulung'ur tumani markazida sezilarli darajadagi obodonlashtirish bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligi sir emas. Olib borilayotgan ishlar ko'lamini keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi re'jalardan aholini xabardor qilish maqsadida loyihalar taqdimoti o'tkazildi. Sayyor tartibda tashkil etilgan tadbir davomida tuman hokimi Baxodir Baxromov soha mas’ullari hamrohligida piyoda yurib, hududda olib borilayotgan ishlar, kelgusi re'jalar to'g'risida ma'lumot berib bordi.

 

Tuman hokimi yo‘l-yo‘lakay yurar ekan, yo‘ldagi har bir narsaga alohida e’tibor qaratib, ijobiy tajribalarni ham, kamchiliklarni ham ko‘rsatib bordi. Tadbirkorlar, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlarini tingladi, tevarak-atrofni ozoda saqlash borasida o‘z fikrlarini bildirdi. 

Xususan, O‘zbekiston ko‘chasidagi tadbirkorlar tomonidan o‘z tadbirkorlik binosining oldi ham chiqindilardan tozalanmaganligi tanqid qilniib, tozalik, ozodalik bor joyda fay-u baraka bo‘lishligi ta’kidlandi.

 

Shu ko‘chada bunyod etilayotgan salomatlik yo‘laklari to'g'risida quruvchi tashkilot vakillarining o'zlari ma'lumot berdi. Tuman hokimi ishlarni pishiq-puxta qilish, ishlar har bir mayda jihatlariga qadar sifatli bajarilishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay kishi ko‘ngilini xira qiluvchi tarzda ajnabiy yozuvlardagi yoki imlo xatolari bilan yozilgan, milliy qadriyatlarimizga mos kelmaydigan reklama bannerlarini almashtirish, ularni tartib bilan o‘rnatish lozimligi ma’lum qilindi.

 

Yo‘l bo‘yidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatda bo'linib, chiqindilar chiqindi qutisiga emas, uning yoniga tashlab ketilayotganligi tanqid qilindi. Suhbat davomida kelgusida ushbu holatga barham berish uchun, shu uylarda yashovchi fuqarolardan biri tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasiga ishga qabul qilinib, hudud ozodaligiga mas’ul bo‘lishiga kelishildi.

Tuman hokimi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari vakillarining o'z o'rni bor ekanligini ta'kidlab, zarurat bo'lsa bu borada qo'shimcha o'rganishlar o'tkazishlari mumkinligi yoki kelgusida ham shu mazmundagi sayyor taqdimotlar o'tkazilishiga tayyor ekanligini bildirdi. 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM