Murojaatlar qabuli – muammolar yechimi

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaat hamda takliflari yuzasidan bevosita tuman hokimi Baxodir Baxromovga muroljaat qilishdi.

 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli mavzudagi 53 ta murojaat hamda takliflar bildirildi. Ularning har biri diqqat bilan tinglanib, shu yerning o‘zida soha mas’ullari ishtirokida atroflicha muhokama etilib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

 

Murojaatlar mazmuni turlicha. Tabiiyki shunga ko‘ra ularning yechimi ham turlicha. Xususan, ba’zi murojaatlar yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan bo‘lsa, ular joyiga chiqqan holda o‘rganilishi belgilandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, ayrimlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Xususan, hozirda uy, yer-joy bilan bog‘liq masalalarda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtailganligi, yoki moddiy yordam, nafaqa kabi masalalr tuman hokimining vakolatiga kirmasligi va og‘zaki topshiriq asosida belgilangan normalar buzilmasligi tushuntirildi.

 

Qabul yakuniga ko‘ra turli mazmundagi 31 ta murojaat ro‘yxatga olinib, hafta yakuniga qadar ijrosi yuzasidan tuman hokimiga ma’lumot kiritilishi belgilandi.

 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM