Bulung‘ur tumanida “Amir Hamza” masjidi foydalanishga topshirildi

Butunlay yangi qiyofa kasb etgan, musulmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan masjidning yangi binosi ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar domla Qayyumov, Toshkent shahar Yunusobod tumani "Omina" jomasjidi imom-xatibi Yusuf domla Muhiddinov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov, shuningdek Bulung‘ur tumanidan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

Ushbu masjidning foydalanishga topshirilishi bilan ilk juma ibodatini xalq bilan birga ado etgan domlalar barcha yig‘ilgan jamoatga ma’ruza qildilar.

 

Namozxonlar qo‘llarini duoga qo‘l ochib, Alloh ta’olodan yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovonligini va mazkur masjid qiyomatga qadar namozxonlar uchun xizmat qilishini hamda uning qurilishida homiylik qilgan barcha insonlarni ikki dunyo saodatiga erishishlarini so‘rab, duoi-xayrlar qildilar.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM