Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashining navbatdan tashqari 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 8-sentyabr kuni xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdan tashqari 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan sessiyada tuman Kengashi deputatlari, 7-Samarqand saylov okrugi a’zosi Haydarova Dilorom, sektorlar mas’ul xodimlari, kun tartibiga aloqador mas’ullar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya tuman Kengashi raisi Baxodir Baxromov raisligida bo‘lib o‘tdi va kun tartibida 2 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovni o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugining Bulung‘ur tumandagi uchastka saylov komissiyalari azoligiga nomzodlarni tavsiya etish haqida” bo‘lib, mazkur masala yuzasidan tuman hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi Obidjon Sattarovning axboroti tinglandi.

Sessiya qaroriga ko‘ra, hokim maslahatchisining axboroti ilova qilingan ma’lumotlar asosida Bulung‘ur tumanida tuzilgan har bir saylov uchastkasiga rais, rais o‘rinbosari,  saylov uchastkasi kotibi hamda a’zolari tasdiqlandi.

 

Kun tartibidagi ikkinchi masalaga muvofiq, Bulung‘ur tumani  Changal-1 mahallasi fuqarosi Negmatov O‘tkir Toshqulovichni “Temir daftar”ga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Deputatlarga mazkur fuqaroning oilaviy ahvoli va mazkur daftarga kiritish uchun ehtiyoj tushuntirilib, asoslab berildi. Shundan so‘ng, mazkur fuqaro bir ovozdan “Temir daftar”ga kiritilishi belgilandi. Kelgusida uning yurak operatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi rejalashtirildi.

Shuning bilan xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengasho‘ining navbatdan tashqari 40-sessiyasi o‘z yakuniga yetdi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM