“Yoshlar daftari”dan chiqqanlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli monitoring qilinmoqda

Bulung‘ur tumanida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, shu maqsadda tashkil etilgan “Yoshlar daftari”dan ham bir qancha yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilib, daftardan chiqarilgan edi. Xo‘sh, bugun ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli qanday, nimalar bilan band?

 

Ana shu savollarga javob topish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari A.Buriboev, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i X.To‘xtaev va agentlikning tuman bo‘limi boshlig‘i K.G‘apparovlar daftardan chiqarilgan yoshlarning xonadonlarida bo‘lishdi.

Xususan, "Yoshlar jamg‘armasi" hisobidan poyabzal ta’mirlash uskunasi olgan Abdurasulov Joniqul, motokultivator uskunasi berilgan Azizov Abduqodir, imtiyozli kredit olib o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Axmedova Nurjaxon va Mirzaeva Feruzalarning bugungi faoliyatlari joyida o‘rganilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Bundan tashqari, yoshlarning innovatsion tashabbuslari bilan yaqindan tanishildi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM