Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda

Bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy hayotning hech bir jabhasi yo‘qki, e’tibordan chetda qolgan bo‘lsa. Xususan, Bulung‘ur tuman Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan aholining ehtiyojmand, yordamga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, 2021-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 411-sonli qaroriga asosan Bulung‘ur tumanida yashovchi nogironligi bo‘lgan  muhtoj shaxslardan 51 nafariga nogironlik aravachasi, 11 nafariga elektr yuritmali aravacha, 14 nafariga qo‘ltiq tayoq, 18 nafariga xassa tayoq, 17 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga yurish moslamasi, 1 nafariga ko‘zi ojizlar xassasi yetkazib berildi. Shuningdek protez ortopediya maxsulotlariga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarning 17 nafariga reablitatsiya korxonalaridan bepul protez maxsulotlari olish uchun 25 ta talon rasmiylashtirilib berildi.

Vazirlar Maxkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalarni va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi 237-qarori sonli qaroriga asosan 82 nafar yolg‘iz yashaydigan keksalar ro‘yxatga olinib, shundan yolg‘iz keksalarning 25 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 274-sonli qaroriga asosan har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida qo‘shimcha to‘lov kompensatsiyalari to‘lab berilmoqda. Bundan tashqari, 9 nafar ijtimoiy xodimlar belgilangan reja-grafik asosida yolg‘iz keksalarning uylariga borib, ularga manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatib kelishmoqdalar.

2022-yil davomida yolg‘iz va yolg‘iz yashaydigan keksalar holidan xabar olinib bayram tadbirlarida homiylar xisobidan oziq ovqat va sanoat mahsulotlari shaklida 13 mln. so‘mlik sovg‘a-salomlar tashkil qilindi. Shuningdek, ular chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ambulator hamda uy sharoitda davolanishlari uchun 16 mln. so‘mlik dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi. Yil davomida uy ta’miriga muhtoj yolg‘iz va yolg‘iz yashaydigan keksalardan 10 nafarining uylari homiylar hisobidan ta’mirlanishi uchun 22 mln. so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.

2022-yil davomida 53 nafar yolg‘iz va yolg‘iz yashaydigan keksalar sihatgohlarda sog‘lomlashtirildi.

Albatta, bu boradagi ishlar joriy yilda ham reja asosida davom ettirilmoqda. Xususan, 2023-yilda tumanda yashovchi muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yolg‘iz keksalarga manzilli xizmat ko‘rsatishni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Nogironlik aravachalari hamda elektr yuritmali aravachalar reablitatsiya texnik vositalari o‘z muddatlarida yetkazib berilishi, shuningdek protez ortopediya maxsulotlari bilan sifatli ta’minlanishi bo‘yicha bir qancha takliflar berildi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilda Ulug‘bek mahallasida yashovchi yolg‘iz keksa Qirg‘izova Norxol homiylar xisobidan Umra safariga borib kelgan bo‘lsa, yana bir nafar yolg‘iz keksa fuqaromiz Djanzaqova Shamsinur tuman hokimligi tashabbusi bilan Umra safariga borishi rejalashtirildi.

Albatta, amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlarning barchasi inson manfaati yo‘lida xizmat qiladi. Zero, xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, degan purma’no hikmat bejiz aytilmagan.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM