“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan ma’lumot berildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida bo‘lim rahbari Sherali Doniyorov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Xususan, bo‘lim tomonidan ma’lumot berilganidek, bugungi kunda tumandagi aholi xonadonlari ijtimoiy soha ob’ektlari va ishlab chiqarish korxonalariga Bulung‘ur hamda G‘o‘bdin GRSlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Tuman aholisi va ishlab chiqarish ob’ektlariga tabiiy gaz yetkazib berishda jami 473.8 km gaz quvurlari mavjud bo‘lib, shundan yuqori bosimli 45.5 (10%) km, o‘rta bosimli 74.7 (16%) km va past bosimli 352.9 (74%) km gaz quvurlarini tashkil qiladi.

Tuman bo‘yicha jami 205 ta GTQ (gaz taqsimlash quti)lari mavjud bo‘lib, shundan 20 tasi (10%) yuqori bosimli va 185 tasi (90%) past bosimli GTQlarni tashkil qiladi.

2022-2023 yillar davomida kuz-qish mavsumiga “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

- Bulung‘ur tumanida  yer osti gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash rejasi 53 km bo‘lib, amalda 53,5 km bajarildi.

- GTQlarning gaz bosim sozlagichlarni taftish qilish rejasi 205 ta bo‘lib, amalda 205 tasi taftish qilindi.

- Yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekshirish ishlari 18 km bo‘lib, amalda 18.4 km bajarildi.

- Gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari rejada 13 km bo‘lib, amalda 13 km bo‘yoqlash ishlari qilindi.

- Tumanning Yangiariq mahallasi Mehnatobod massivida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uylar hamda 24 maktabgacha ta’lim muassasasini gazlashtirish dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha-smeta xujjatlari bajarilib, 2022-yil 14-noyabrdan 1-bosqich bo‘yicha o‘rta bosimli gaz tarmog‘iga ulanish uchun 1600 metr gaz quvuri tortildi.  

2022-yil yanvar-dekabr oylarida 7 120 ta xonadonlarda uy ichi gaz jihozlarini sozlab, uy egalariga gazdan oqilona hamda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Aholiga gazdan havfsiz, oqilona foydalanish to‘g‘risida 4 642 dona varaqalar tarqatildi. Bo‘lim xodimlari bilan birgalikda 2022 - 2023 yil kuz-qish mavsumini betolafat o‘tkazish maqsadida 55 ta mahallalarda tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borildi. Bunda 2 220 nafar fuqaro qatnashdi. Hududlarda aholiga gazdan havfsiz oqilona foydalanish to‘g‘risida tashviqot-targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Suyultirilgan gaz ballon bo‘yicha tumanning 54 mahallasida yashovchi 28 115 ta iste’molchilarga yanvar – dekabr oylarida 4 131,9 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.

Tumanda aholi iste’molchilariga qulaylik yaratish maqsadida hamda oraliq masofani qisqartirish uchun tumanning Bo‘dana mahallasi hududida maishiy gaz ballonlarga suyultirilgan gaz mahsuloti quyish shaxobchasi ishga tushirildi.

Hozirgi kunda suyultirilgan gaz iste’molchilariga belganlngan reja-grafik asosida navbatma-navbat suyultirilgan maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.

Tumandagi maishiy gaz ballonga ehtiyojmand oilalarga 88 dona maishiy gaz ballon yetkazib berildi. Undan tashqari “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha Chorbog‘, Bog‘bon mahallalariga jami 258 dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi.

Tuman bo‘yicha aholi va ulgurji iste’molchilar tomonidan 2022-yil yanvar – dekabr oylarida 948 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 825 ta murojaatlar ijobiy yechimini topdi, 97 ta murojaat bo‘yicha murojaatchilarga tushuntirish ishlari olib borildi, 26 ta murojaat hozirgi vaqtda jarayonda bo‘lib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 20 ta mahallalarda “Sayyor qabul”lar tashkillashtirilib 99 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi.

Hozirgi paytda tuman bo‘yicha tabiiy gaz aholi  iste’molchilari soni 5 695 ta bo‘lib, jami tuman aholi iste’molchilarining 16,7% ni tashkil qiladi. Ulgurji iste’molchilar soni 102 tani tashkil etadi. 102 ta ulgurji iste’molchilarning barchasida gaz hisoblagich uskunalariga modem o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2020 yil 24 sentabrdagi PK-4840 qarori “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishini ta’minlash maqsadida “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minot bo‘limi tomonidan 5 695 ta aholi xonadonlarga 100 % elektron (ASKUG) gaz hisoblagichlar o‘rnatildi.

Elektron gaz xisoblagich (ASKUG) o‘rnatilishi natijasida ta’minotchi va iste’molchi o‘rtasida shaffof tarzda hisob-kitob yuritilishiga, tabiiy gaz avtomatlashtirilgan tizim bo‘yicha nazoratini olib borishga keng qulayliklar yaratildi.

Hozirgi kunda bir kunlik aholi xonadonlari iste’moli 115,0 ming m3 yoki 43,7 mln so‘m tashkil etmoqda.

Qayd etish lozimki, 2023-yil yanvar oyining 15 sanasiga tabiiy gaz iste’moli 2 405,0 ming m3ni tashkil etmoqda. Xozirgi kunda tumandagi 7 ta AGNKSlar to‘liq tarmoqdan o‘chirilgan bo‘lib, kunlik 40,0 ming m3 gaz iqtisod qilinmoqda.  Bundan tashkari sanoat va kafolatlanmagan tashkilotlarda ham qisman tabiiy gaz ta’minoti cheklangan bo‘lib, kunlik 25,0-30,0 ming m3 gaz iqtisod qilingan holda, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga berillmoqda.

Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytib o‘tish lozimki, bugungi kunda tumanda 5 695 ta tabiiy gaz iste’molchilarining har biri tabiiy gazni bir kunda o‘rtacha 1 m3 dan tejamkorlik bilan foydalansa, bir oyda 169 050 m3 gaz yoki 64,2 mln so‘mlik tabiiy boyligimizning tejamkorligiga erishgan bo‘lamiz.

 

Suyultirilgan gaz mahsulotiga to‘xtalib o‘tiladjigan bo‘lsak, yanvar oyining 15 sanasiga qadar 8 443 dona yoki 168,8 tonna maishiy gaz ballonlar aholi xonadonlariga yetkazib berildi.

Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM