O‘qituvchi va murabbiylar kunida qishloq xo‘jaligi faxriylari yo‘qlandi

«1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati Bulung‘ur tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan, soha rivojiga salmoqli hissasa qo‘shgan 30 dan ortiq nuroniylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

Seminar shaklida tashkil etilgan loyiha doirasida dastlab tumanda 2023-yil hosili uchun g'alla ekish ishlari borishi, urug'lik don sifati, jamg‘arilgan fosforli o‘g‘itlar zahirasi, yer tayyorlash, takroriy ekinlarni yig'ib olish, muddatida ekish va sug'orish bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, tumanning F.Yuldosh, Zarbdor, Go‘bdin va Bulung‘ur agrofirmalaridagi fermerlarga tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng asosiy bayram tadbiri tumandagi so‘lim go‘shalardan birida, bir piyola choy ustida davom etdi. Tadbirda tuman hokimi S.Astonov ishtirok etib, sohaning tajribali ustozlarini bayram munosabati bilan tabrikladi. Yerdan unumli foydalanish va mo‘l-ko‘l hosil yetishtirishda o‘z tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishib borishlari, yurtimiz ravnaqi uchun foydali ekanligini e’tirof etdi. Tajribali soha fidoiylari ishtirokida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi qoshida “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” tashkil etildi.

 

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM