Eng yaxshi fikrlar gazetada chop etilishi mumkin!

Hurmatli bulung‘urliklar!   “Bulung‘ur hayoti” gazetasining joriy yil 10 iyul kuni nashrdan chiqqan 20-sonida jurnalist G‘ulom O‘rolov qalamiga mansub “Shukr deysan sen qachon?” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

 

Maqolada tumanda kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan uylardan berishda adolat qaror topishi uchun tashkil etilgan "Xalqparvar" komissiyasi tarkibida o‘rganish davomida muallifning ko‘rgan hayotiy voqealari tasvirlangan. Jumladan, maqoladagi asosiy voqealar  “Katta darvozaxonada 1 ta yuk avtomobili va 2 ta yengil avtomashina qator qilib terib qo‘yilgan. To‘g‘risi, avvalda bu mashinalar shu uyga kelgan mehmonlarniki bo‘lsa kerak, yoki adashib boshqa birovnikiga kirib qoldikmikan, deb o‘yladim.”, degan jumlalar bilan boshlanishiyoq kishini o‘ziga qiziqtirib qo‘yadi.

 

Bugungi muborak hayit kunlari, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan “Bulung‘ur hayoti” gazetasi aksiya e’lon qiladi! Maqola yuzasidan bildirilgan eng yaxshi fikr-mulohazalar gazetaning kelgusi sonlarida chop etiladi.

 

Buning uchun yuqoridagi maqolani to‘liq o‘qib chiqshingiz lozim bo‘ladi: http://bulungurhayoti.uz/index.php?newsid=9071

O‘z fikr-mulohazalaringizni: @gazetam_bot, @Bulungur_aloqabot manzillariga yuborishingiz yoki https://t.me/Bulungur_press_chat telegram guruhida qoldirishingiz mumkin. Shaxsiy fikrlaringizga o‘z ism-sharifingizni ilova qilishni unutmang!

 

Fikrlaringizni biz bilan bo‘lishing vatandosh, balki u kim uchundir ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilar!

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM