“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ishga taklif etadi!

"Bulung‘urtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi Bulung‘ur tumani hududidagi tabiiy gaz bo‘yicha aholi iste’molchilariga “SMART” aqlli gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi munosabati bilan elektro-gaz payvandchilarni shartnoma asosida ishga taklif qiladi!

 

Hisoblagich o‘rnatuvchilar gaz payvandlash asboblari bilan kelishlari so‘raladi. Payvandlash uchun zarur qismlar ta’minotchi tomonidan ta’minlanadi.

 

Bir dona gaz hisoblagich o‘rnatish narxi 69567 so‘m, ya’ni payvandchiga 34963 so‘m, chilangarga 34604 so‘m belgilangan.

 

"Bulung‘urtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limining ma’lum qilishicha, bir kishi kuniga o’rtacha 6-7 ta uskuna o’rnatmoqda. Shunga ko’ra ish haqining hisobini olishingiz mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:

66 442 23 48;

+998 90 454 00 11;

+998 91 299 19 86

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM